1

Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo`yicha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Jamiyat 12.12.2021, 21:25
Teglar: ​Ichki ishlar, shaxsiy tarkib
Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo`yicha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim qator tayinlovlar amalga oshirildi. O`zbekiston IIV axborot xizmati bu haqda xabar berdi.

Unga ko`ra, podpolkovnik Utemuratov Azat Minajovich Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari - IIV huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma`lumotga ko`ra, tayinlovga qadar Utemuratov Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi o`rinbosari – tergov qismi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, polkovnik Raxmatullaev Muzaffar Talgatovich Samarqand viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari – IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlovgacha M.Raxmatullaev Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari - IIV huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgani aytiladi.

Sharhlar

1 500 dollar evaziga fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

20.09.2021, 12:16

Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O....
Ichki ishlar faoliyatiga bag`ishlangan «Ofiser 55» seriali suratga olinmoqda

05.02.2021, 16:36

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida ichki ishlar faoliyatiga taalluqli «Ofiser 55» kinoseriali ishga tushirildi. Serial triller, kriminal janrda bo`lib, unda Toshkent shahar...
Turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o`tkazilmoqda

10.10.2020, 20:22

So`nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini kengaytirish yo`lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning tarixi bilan tanishib, uning diqqatga sazovor joylarini ko`rish, insonlarimiz bilan suhbat qurib, yangi...
Toshkentda bir kunda 1642 nafar qoidabuzar haydovchi va 98 nafar piyoda qayd etildi

12.11.2019, 09:09

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.10 noyabr kuni kun davomida Toshkent shahar Ichki ishlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1