Kecha, 11 dekabr kuni soat 17:50 larda, Toshkent shahar, M.Ulug`bek tumani, T.Malik-Do`rmon yo`li ko`chalari kesishgan chorrahada YTH yuz bergan.
YHXBBning ma`lum qilishicha, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan S.R. "Matiz" rusumli avtomobilni borqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobilni o`tkazib yubormaganligi natijasida YTH sodir bo`lgan.
Natijada "Matiz" rusumli avtomobil yo`lovchisi, 1956 yilda tug`ilgan Z.M. olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. "Matiz" hamda "Lacetti" haydovchilari hamda "avariya" vaqtida mashinalarda bo`lgan ikki yo`lovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.
Shu o`rinda, YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`ramoqda.