AsosiyJamiyat

Soya beruvchi daraxtlar, bepul Wi-Fi, Bookcafe –  Xayrullo Bozorov Marg`ilondagi "huvillagan" xiyobonni foydali maskanga aylantirish bo`yicha topshiriq berdi

'Soya beruvchi daraxtlar, bepul Wi-Fi, Bookcafe –  Xayrullo Bozorov Marg`ilondagi "huvillagan" xiyobonni foydali maskanga aylantirish bo`yicha topshiriq berdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Marg`ilon shahrida B.Marg`iloniy va Al-Farg`oniy ko`chalari kesishmasida joylashgan “Yoshlar xiyoboni” majmuasini ko`zdan kechirdi.

Xiyobonda aholining sayr qilishi, dam olishi uchun sharoitlar mavjud emasligi, archa daraxtlari yozda soya-salqin bermasligi, xiyobon hududida o`tirib dam olish uchun o`rindiqlar yo`qligi, yoritish tizimi etarsiz ekaniga tanqidiy e`tibor qaratildi, deya xabar bermoqda hokimlik.

Qayd etilishicha,  viloyat hokimi huvillagan Yoshlar xiyobonini marg`ilonliklar uchun jozibador maskanga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo`yicha topshiriq berdi. Bunda asosiy e`tiborni salqin beradigan daraxtlar ekish, o`rindiqlar o`rnatish, xiyobon bo`ylab bepul Wi-Fi bilan qamrovni ta`minlash, shuningdek zamonaviy Bookcafe barpo etishga qaratish lozimgigi belgilangan.

 Yangicha ko`rinishda Ziyo xiyoboniga aylanadigan ushbu maskanda aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini ommalashtirish, marg`ilonliklarni bo`sh vaqtlarda, kechki paytda xiyobon bo`ylab sayr qilishlari uchun qulayliklar yaratish rejalashtirib olingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar