O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi noqulay ob-haqo sharoiti yuzaga kelayotgani munosabati bilan barcha haydovchilarni ogoh bo`lishga chaqirdi.
"Hurmatli haydovchilar",-deya murojaat etadi boshqarma.
"Respublikamizning ayrim hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatilmoqda. Bunday vaqtda ho`l asfaltda transport vositasining to`xtash masofasi uzayadi. Oraliq masofani etarlicha saqlab harakatlaning",-deydi YHXBB .
"Gaz va tormoz tepkisini keskin bosmang. Piyodalarga e`tiborli bo`ling",-deya qat`iy ogohlantirilmoqda haydovchilar.
Piyodalarga esa belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tmaslik ta`kidlanmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq bergan xabarimiz aynan shu qoidaga amal qilmaslik tufayli yuzaga kelgandi. O`shanda yo`lning belgilanmagan qismidan o`tgan odamni avtobus urib yuborgan.
Shu bois, o`zingizni asrang qadrli fuqarolar!