Endi Samaqandga borishni istaganlar faqatgina erusti transportlarida emas, balki havo transporti bilan harakatlanishlari ham mumkin. Sababi Toshkent – Samarqand – Toshkent aviaqatnovlari tiklanmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airways" ommaga ma`lum qildi.
"Uzbekistan Airways Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlar qayta tiklangani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi",-deyiladi e`londa.
Qayd etilishicha, birinchi qatnovlar shu yilning 14, 15 va 16 dekabriga rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, aviaqatnovlar jadvali bilan www.uzairways.com saytida tanishishingiz mumkin.