AsosiyMadaniyat

Turkiyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazilmoqda

'Turkiyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ayni kunlarda Turkiyada O`zbekiston madaniyati kunlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zbekiston Madaniyat vaziri o`rinbosari Olimjon Mirzaev ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, tashkil etilgan ushbu kunlar doirasida O`zbekiston delegasiya a`zolari  Turkiya Milliy kutubxonasida bo`lishdi.

Ma`lumotga ko`ra, mazkur kutubxonaning 19 milliondan ortiq a`zosi mavjud bo`lib, shulardan 4300 nafari Anqara shahri kitobxonlariga to`g`ri kelarkan.

Ta`kidlanishicha, har kuni tashrif buyuruvchi kitobxonlar har soatda issiq choy va qahva bilan mehmon qilinadi.

"Umuman olganda, kutubxonaga a`zo bo`lish borasida hech qanday targ`ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmagan bo`lsa-da, kutubxonaning gavjumligidan turk xalqining, ayniqsa, yoshlarning mutolaaga bo`lgan muhabbati, ilm olishga bo`lgan qiziqishi kuchliligini ko`rishimiz mumkin",-deydi vazir o`rinbosari.

"Turkiya Milliy kutubxonasida mavjud shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida ayrim jihatlarini bizning kutubxonalarimizda ham tadbiq etolsak, kitobxonlar qamrovini kengaytirish, yoshlarimizni kitob o`qishga bo`lgan ishtiyoqini oshirishda yaxshi natijalarga erishishimizni angladik",-deydi Olimjon Mirzaev.

    Boshqa yangiliklar