AsosiySport

O`zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida ilk medallarni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida ilk medallarni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo`yicha 14-17 yoshlilar hamda faxriylar o`rtasida o`tayotgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

E`tiborlisi, faxriylar o`rtasida o`tkazilgan yakkalik bahslarida hamyurtimiz Muzaffar Zoitov oltin medalga sazovor bo`ldi.

Shuningdek, sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. Nufuzli musobaqaning jamoaviy bahslarida 14-17 yoshli taekvondochilarimiz ham kumush medal egasiga aylandi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Bugun, 15 dekabr kuni taekvondochilarimiz yakkalik va jamoaviy massogi yo`nalishlarida g`oliblik uchun kurashga kirishadi.

    Boshqa yangiliklar