AsosiyJamiyat

Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirilmoqda

'Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirilmoqda'ning rasmi

Tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning yalpi majlisida ko`rib chiqildi.

Qonun 2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qonun xususiy mulkka bo`lgan huquqni himoya qilish hamda mansabdor shaxslarning ko`chmas mol-mulkka aralashuv holatlarining oldini olishga qaratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan ma`muriy javobgarlikka tortish bo`yicha vakolat berish taklifi bildirilgan edi.

Xususiy mulkni himoya qilish bilan bog`liq mazkur muammoli vaziyatlarlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakiliga tadbirkorlar manfaatlari buzilishi holatlari bo`yicha ayrim ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolatini berish belgilanmoqda.

Qonun qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta`minlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institusional mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar