Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O.Egamberdiev "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisini to`xtatgan va haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo`qligini bir marotaba foydalaniladigan "stakan" orqali tekshirmoqchi bo`lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
O`rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilishi ta`minlanadi.
Ma`lumot o`rnida, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlovchi "alkotester" moslamalari tarqatilgan.






