1

Qibrayda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirgan "oshiq" umrbod qamaldi

Jinoyat 16.12.2021, 17:39
Qibrayda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirgan "oshiq" umrbod qamaldi

Joriy yilning 29 iyulga o`tar kechasi Qibrayda 1997 yilda tug`ilgan fuqaro bir oilaning to`rt vakilini va uyidagi yollanma ishchini o`ldirib ketgani yuraklarni junbushga keltirgandi. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan shaxs ushlangandi.

Jinoyat ishlar bo`yicha Toshkent viloyat sudining Sudlar hay`ati tomonidan o`tkazilgan sud majlisida Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug`ilgan 24 yoshli ayblanuvchi Shavkat Ismonalievga hukm o`qildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi, 119-moddasi 2-qismi “g” bandi, 130-moddasi 2-qismi “a” bandi, 219-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 97-moddasi 2-qismi “a,v,g,j,r” bandlari bilan, Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1