AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda gazeta tahririyati hokimlikni sudga berdi

'Qoraqalpog`istonda gazeta tahririyati hokimlikni sudga berdi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda chop qilinadigan "El xzmetinde" gazetasi tahririyati  Qorao`zak tumani hokimligini sudga berdi. Tahririyat tomonidan kiritilgan da`vo bo`yicha 2021 yil 16 dekabr kuni Qorao`zak tumani jinoyat ishlari bo`yicha sud zalida o`tkazilgan sud jarayoni yakuni bilan Sobir Kamalov OFY hududidagi  2016 yil may oyida uzilib qo`yilgan 875 ta xonadon tabiiy gaz tarmog`iga qayta ulanadigan bo`ldi, bu haqda sud maxsus ajrim chiqardi.

barda aytilishicha, sud chiqargan maxsus ajrimga ko`ra Qorao`zak tumani Sobir Kamalov OFY hududidagi 875 ta xonadonni gaz tarmog`iga qayta ulash choralari ko`rib chiqilishi belgilangan. Maxsus ajrim ijrosi yuzasidan Qorao`zak tumani hokimligi 1 oy muddat ichida Nukus tumanlararo ma`muriy sudiga xabar berilishi topshirilgan.

"El xzmetinde" gazetasining hokimliklarni sudga berishi ilk holat emas. Bundan oldin ham aynan tabiiy gaz tarmog`idan aholini asossiz uzib qo`yilganligi da`vosi bilan Chimboy tumani hokimligini ham sudga bergan va sudda g`olib bo`lib, minglab fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilgan, ya`ni, xonadonlarni tabiiy gazga qayta ulashga erishgan. Taxiatosh, Qanliko`l tumanlari hokimliklari esa sudsiz tahririyat talabi bilan aholini tabiiy gazga ulash choralarini ko`rgan. Ushbu tahririyat hattoki taniqli estrada xonandasi Yulduz Usmanovani ham sudga bergan. Unda xonandaning qoraqalpoq millatiga qarata aytgan kamsituvchi so`zlari sabab bo`lgan

Boshqa yangiliklar