Toshkent mezbonlik qilayotgan jahon chempionati o`zbek terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o`tdi. Kunning so`nggi dasturida Tursunoy Jabborova (-87 kg) jamoa hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
Turizm va sport vazirligining ma`lum qilishicha, Tursunoy dast ko`tarish mashqida 113 kg natija qayd etib, oltin medalni naqd qildi. Umumiy hisobdagi g`olibni aniqlab bergan siltab ko`tarish dasturida vakil 131 kg bilan ishtirokini tugatgan. Yakunda 244 kg natija qayd etgan Jabborova ikki kurash bo`yicha kumush medalni ham qo`lga kiritgan.
Og`ir atletika bo`yicha JCh.
Ayollar, -87 kg:
1. Anxsetseg Munxjantsan (Mo`g`uliston) – 250 (109+141) kg
2. Tursunoy Jabborova (O`zbekiston) – 244 (113+131) kg
3. Solfrid Koanda (Norvegiya) – 244 (103+141) kg






