Malayziyaning bir nechta hududlarila kuchli yog`ingarchilikdan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari kuzatildi.
Qayd etilishicha, suv toshqinlari oqibatida kamida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda Selangor shtati yong`in va qutqaruv xizmati rahbari Nurazam Xamiz xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, eng ko`p talofat ko`rgan hududlardan sifatida Kelantan, Selangor, Malakka hamda Terengganu shaharlari aytilmoqda.
"Jami uch mingdan ortiq mahalliy aholi o`z uylarini tark etishga va vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko`chib o`tishga majbur bo`ldi", - deyiladi The Star nashrida.