AsosiySport

Braziliya va Argentina Millatlar Ligasida ishtirok etadi

'Braziliya va Argentina Millatlar Ligasida ishtirok etadi'ning rasmi

2024 yildan Millatlar Ligasida Janubiy Amerika terma jamoalari ham ishtirok etishni boshlaydi. Bu haqda UEFA vise-prezidenti ma`lum qildi

Qayd etilishicha, Millatlar Ligasiga Janubiy Amerikaning 10 mamlakati qo`shiladi. Jumladan, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay va Chili A ligasida to`p suradi. B ligadan esa Ekvador, Paragvay va Venesuela terma jamoalari o`rin oladi. 

"Bu hozirgi formatdagi so`nggi musobaqa bo`ladi. Biz KONMEBOL vakillari bilan uchrashuv o`tkazdik va 2024 yildan boshlab turnirga Janubiy Amerika terma jamoalari ham qo`shiladi.Musobaqani yanada qiziqarli qilish ustida ishlayapmiz", - dedi Bonek.  

Boshqa yangiliklar