1

Samarqandda erkak xotiniga qasdlashib, o`z farzandini urib o`ldirdi

Jinoyat 19.12.2021, 11:00
Samarqandda erkak xotiniga qasdlashib, o`z farzandini urib o`ldirdi

Ma`lum qilinishicha, jinoyat er-xotin o`rtasidagi janjal oqibatida sodir bo`lgan. Ayol erining buyurganini qilmagani uchun ayblanuvchi chaqaloqni qo`liga olib, bolaning boshiga bir necha marta urgan. Natijada chaqaloq voqea joyida vafot etgan.

Sud zalida erkak dastlab o`z aybini tan olmagan va o`ziga qo`yilgan barcha ayblarni rad etgan. Guvohlarning va jabrlanuvchining ko`rsatmalaridan so`ng aybdor o`z qilgan ishini tan olgan va voqea qanday sodir bo`lganini batafsil aytib bergan.

Mazkur ish yuzasidan aybdor Jinoyat kodeksining 97-moddasiga asosan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1