AsosiyJamiyat

Angrenda ko`mir ortilgan poezd vagonlari nima uchun "qo`lagan"iga oydinlik kiritildi  

'Angrenda ko`mir ortilgan poezd vagonlari nima uchun "qo`lagan"iga oydinlik kiritildi   'ning rasmi

Bugun,  soat tahminan 05:03da Toshkent viloyati Angren shahridan 19 km sharqiy yo`nalishda joylashgan “O`zbekko`mir” AJga qarashli “Angren ko`mir koni”ning (razrez) hududidagi temir yo`lda poezd vagonlari ag`darilib ketgan.

FVVning xabar berishicha, hodisa aynan 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning  siqilgan havosiz qolishi oqibatida, boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo`lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilishi oqibatida sodir bo`lgan.  

Natijada jami 33 ta yuk vagonidan  20 ta vagon (010-sonli lokomotiv sostavidan 14 ta ko`mir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomotiv sostavidan 6 ta bo`sh yuk vagoni) temir yo`li izidan chiqib, ag`darilgan.

"Oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi mashinisti va uning yordamchisi engil tan jarohati olgan. Ular “Temir yo`l transporti” filiali huddudidagi Tibbiy yordam punktiga olib borilib, tibbiy yordam ko`rsatilgan va Angren shahar shifoxonasiga yuborildi",-deya qayd etiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar