Xitoyning markaziy Xubey provinsiyasining Echjou shahrida pandus ko`prigining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Zamon.uz nashri.
Qayd etilishicha, ko`prikda yuk mashinasi yiqilib, ikki qismga bo`linib, o`zi bilan birga yana ikkita transport vositasini sudrab ketgan.
Natijada to`rt kishi halok bo`lgan, sakkiz kishi yaralangan.
Dastlabki tergov natijalari shuni ko`rsatdiki, "qulagan" yuk mashinasining og`irligi 198 tonna bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, voqea joyida qutqaruv guruhlari, o`t o`chiruvchilar va yo`l polisiyasi ish olib bormoqda.
Eslatib o`tamiz, ko`prik Shanxay-Chongsin va Dakin-Guanchjou ekspress yo`lini bog`laydi. U 2010 yil 28 sentyabrda foydalanishga topshirilgan bo`lib, uzunligi 731,08 metr, eni 13 metrni tashkil etadi.






