AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik o`quvchilar Dubayda o`tgan xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta bronzani qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik o`quvchilar Dubayda o`tgan xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta bronzani qo`lga kiritdi'ning rasmi

Avvalroq BAAning Dubay shahrida 18-O`smirlar o`rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) o`tkazilayotgani haqida xabar bergandik. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda. 

Dunyoning 59 mamlakatidan 280 nafar o`smir ishtirok etgan ushbu Olimpiadaning yakuniy natijalari e`lon qilindi.  

Unga ko`ra O`zbekiston terma jamoasi 4 ta bronza medalni ko`lga kiritdi:

  • Abdulloh Maxmudov – Toshkent shahridagi 81-ixtisoslashgan maktab o`quvchisi;
  • Axror Bahodirov — Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktabi o`quvchisi;
  • Sohibjon Dilmurodov — Toshkent shahridagi Prezident maktabi o`quvchisi;
  • Shaxzoda Hakimova — Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktabi o`quvchisi.

Mazkur olimpiadada O`zbekiston terma jamoasi ilk bor 2019 yilda bitta bronza medalni qo`lga kiritgan edi.

Xalq ta`limi vazirligi o`quvchilarimiz va ularning ustozlarini g`alaba bilan muborakbod etadi.

 

    Boshqa yangiliklar