AsosiyJamiyat

41 nafar o`zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi

'41 nafar o`zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Pilot loyiha doirasida respublikamiz bo`ylab Rossiya Federasiyasining qator yirik ish beruvchi tashkilotlari bo`sh ish o`rinlari uchun tashkil etilayotgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan yurtdoshlarimizning navbatdagi guruhi - 41 nafar fuqaro Novosibirsk shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Ushbu fuqarolarning 21 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida va 5 nafari esa Namangan viloyatida tashkil etilgan tanlovlarda ish beruvchi tomonidan tanlab olingan.

Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, tibbiy ko`rik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak bo`ladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari O`zbekistonda amalga oshirilmoqda.

Rossiya Federasiyasida qurilish sohasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar