O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholining kam ta`minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.
Aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi:
"Temir daftar" ro`yxatida bo`lgan oilalarga (2021 yil davomida);
18 yoshga to`lmagan farzandlari bor boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Pullarni Yangi yilgacha tarqatish rejalashtirilgan.