Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Ertaga 22 dekabr soat 17:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Panda Production films studiyasi tomonidan suratga olingan “Lolagulim” badiiy filmining ilk katta premerasi bo`lib o`tadi.
Ssenariy mualliflari Azamat Ahrorov, Shuhrat Shon, postanovkachi rejissyor Azamat Ahrorov, operator Rustam Yo`ldoshev. Filmda aktyorlardan Tesha Mo`minov, Said Muxtorov, Ra`no Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Mirolim Qilichev, Anvar Azimov, Shavkat Komilov va boshqalar rollar ijro qilishgan.
Kinopremeraga film ijodkorlari ham tashrif buyuradi. Premeraga OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar, blogerlar va yoshlarni taklif etamiz.
Kino oyligi davomida "Baron 2", "Qurbon pochcha", "Avf", "101-reys" kabi kinokartinalarning katta premeralari bo`lib o`tadi.