Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Kuni kecha Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida “Abdulla Oripov” hujjatli filmi ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi hamda film namoyish qilindi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi, Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida yaratilgan.
Kino oyligi davomida Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar namoyish qilindi.