AsosiyMadaniyat

“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi xalqaro mukofotni qo`lga kiritdi

'“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi xalqaro mukofotni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi DUK tomonidan suratga olingan rejissyor Sa`daloxon Ma`sudxonovning “Ob`ektiv" («Objective») qisqa metrajli filmi “Bely lebed” xalqaro Yalta kinofestivalida “Milliy kolorit uchun” nominasiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi.  

Kinokartinada Laylo ismli qizning musiqaga oshuftaligi, ko`ngil qo`ygan yigiti bilan bo`lgan voqealari hikoya qilinadi.  

Ssenariy mualliflari Saida`loxon Ma`sudxonov, Odilbek Qosimov, Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Saida`loxon Ma`sudxonov, postanovkachi operator Odilbek Qosimov, postanovkachi rassom Timur Murodov, ovoz operatori Shahzod To`xtamurodov.  

Ma`lumot uchun, mazkur kinokartina «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi «Kino 5 kunda» yosh rejissyorlar loyihasida yaratilgan. Kinofestivalda “Hay`at a`zolarining maxsus sovrini” hamda “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar