Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Farg`ona shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.A. o`ziga tegishli “NEXIA” rusumli avtotransport vositasidagi dori vositalarini shartli xaridorga oldindan kelishilgan summaning 22,5 mln. so`mini olib sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.
Shundan so`ng, ushbu dori vositalari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 30 million so`mlik 5120 dona 3 turdagi tibbiyot dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






