AsosiyDunyo

AQSh Afrika mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi uchun qo`yilgan cheklovni bekor qiladi

'AQSh Afrika mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi uchun qo`yilgan cheklovni bekor qiladi'ning rasmi

AQSh koronavirusning yangi "omikron" shtammi aniqlangan Afrika mamlakatlaridan kirishga qo`yilgan taqiqni bekor qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, taqiq 31 dekabrdan boshlab o`z kuchini yo`qotadi. Faqatgina, Afrikadan kelganlar qattiq tekshiruvlar asosida qabul qilinadi. 

Oq uy matbuot kotibi yordamchisi Kevin Munos so`zlariga ko`ra, "omikron" uchun qo`llaniladigan vaksinalar ma`lum bo`lgan va uning xavflilik darajasi yuqori emas deb hisoblaydi.

Avvalroq AQSh hukumati 29 noyabrdan boshlab JAR, Botsvana, Zimbabve, Nambiya va Afrikaning boshqa mamlakatlaridan keluvchilar uchun taqiq joriy etgandi. 

Boshqa yangiliklar