“Barselona” yarim himoyachisi Felipe Koutino tez orada jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda Diaro Sport nashri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, braziliyalik xavbek xizmatiga “Everton”, “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari tomonidan jiddiy qiziqish bor. Faqatgina, Koutinoning yuqori maosh olishi qiziqish bildirayotgan jamoalarga to`siq bo`lmoqda.
Hozirda Felipe “Barselona”da yiliga 14 million evro maosh oladi.






