1

Toshkentda jinoyatchilar qalbaki 40 ming dollarga uy sotib oldi

Jinoyat 28.12.2021, 15:38
Toshkentda jinoyatchilar qalbaki 40 ming dollarga uy sotib oldi

2021 yil 5 avgust kuni fuqaro H.T. hamda “Abror” ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo`lgan Toshkent shahri, Markaz-5 mavzesida joylashgan xonadonni 40 ming AQSh dollari –  4 pachka 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming AQSh dollari qalbaki 400 AQSh dolari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o`zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Bu haqda IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xabar berdi.

Shu kuni H.T. o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi “Abror” ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSh dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda to`pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, uni urib, qo`rqitib, bo`g`gan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati etkazishgan. 

Holat yuzasidan noma`lum shaxs “Abror”ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Surishtiruv ishlari davomida, 2021 yilning 17-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB, O`zbekiston Respublikasi DHX va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “Abror” ismli shaxs, 1995 y.t., Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlanib, Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “G`isht-Ko`prik” bojxona postida qo`lga olindi va O`zbekiston Respublikasi IIV VSHga joylashtirildi. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1