O`zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi 2021-yil 27-dekabr kuni Olmaota-Bishkek (Olmaota viloyati, Qozog`iston Respublikasi) avtoyo`lida 33 kishi, shu jumladan, mamlakatimiz fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan axborotni tasdiqladi.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, jabrlangan va halok bo`lganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Voqea joyiga avtobus tashkil etilib, O`zbekiston fuqarolari Olmaota-Toshkent yo`nalishi bo`ylab mamlakatimizga sog`-salomat qaytib keldilar.
Avvalroq Qozog`istonda o`zbekistonliklar bo`lgan avtobus YTHga uchragani va unda qurbonlar borligi haqida ma`lumot bergan edik.