AsosiyJamiyat

Toshkentdagi qurilishda o`quv-mashg`ulotlariga mo`ljallangan o`q-dorilar topildi

'Toshkentdagi qurilishda o`quv-mashg`ulotlariga mo`ljallangan o`q-dorilar topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilayotgan obektda ikkita artilleriya aslahasi topilgani to`g`risidagi video tarqamoqda. Mazkur holat yuzasidan ma`lumot berildi.

2021 yil 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Shuhrat T.dan xabar kelib tushdi: uning gapiga ko`ra, u tanishi 29 yoshli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o`xshash zanglagan buyumlar topgan. U fuqarolik mas`uliyatidan kelib chiqib tezkor xizmatlarga xabar bergan.

Ko`rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari O`zbekiston Respublikasi IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda etib keldilar. Tekshiruv o`tkazilgach, topilgan buyumlar o`quv mashg`ulotlari davomida foydalanishga mo`ljallangan ikkita 115 mm.lik o`quv snaryadi va ikkita 82 mm.lik o`quv minomyoti ekanligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat bo`yicha o`rganish ishlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar