AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasi olish tartibiga o`zgartirish kiritiladi

'Haydovchilik guvohnomasi olish tartibiga o`zgartirish kiritiladi'ning rasmi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun belgilangan yosh me`yorlariga rioya qilgan holda, haydovchilarni tayyorlash faoliyati bilan shug`ullanuvchi ta`lim muassasalariga istalgan vaqtda borib, shartnoma tuzib o`qishingiz mumkin.

Ammo o`qish vaqtida mashg`ulotlarga qatnashmasdan, o`qimasdan vaqt o`tkazish endilikda o`zingizga zarar. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 272-son qaroriga muvofiq, endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlar tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va imtihon olish xonalarida o`tkazilishi yo`lga qo`yilmoqda.

Ushbu tizim inson omili to`liq cheklangan, avtomatlashtirilgan dastur yordamida haydovchilikka nomzodlarni o`quv muassasiga kelib ketishlarini, darslarda va mashg`ulotlarda qatnashishlarini, ichki imtihonlardan o`tgan yoki o`tmaganliklarini to`liq nazoratini amalga oshirib, yakuniy nazariy va amaliy imtihonlarga ruxsat beradi.

Unutmang, imtihonlardan o`tish uchun birgina imkoniyatingiz bor — bu ham bo`lsa yaxshi o`qish, yo`l harakati qoidalarini puxta o`zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o`rganishdir.

Kerakli malakaga ega bo`lmasdan, korrupsion yo`llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o`ylash endilikda ilojsiz va noto`g`ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar