Rossiya internet boshqaruvini xalqaro tartibga solish bo`yicha bitim tuzishni taklif qilmoqda, dedi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Oleg Syromolotov RIA Novostiga bergan intervyusida.
"Internetni tartibga solish muammolariga kelsak, Rossiya internetni boshqarishni xalqarolashtirish va bu jarayonda davlatlarning teng ishtirokini ta`minlash tarafdori. Shuningdek, internetning milliy segmentini tartibga solish bo`yicha barcha mamlakatlarning suveren huquqini saqlab qolish lozim. Internet boshqaruvini tartibga solish shart va zarur”, - deydi Syromolotov.
Uning ta`kidlashicha, kelishuv barcha davlatlar tomonidan qabul qilingan taqdirdagina samarali bo`ladi. Tashqi ishlar vaziri o`rinbosarining so`zlariga ko`ra, bu masala Xalqaro elektraloqa ittifoqi doirasida muhokama qilinmoqda, uning tadbirlarida Rossiya "eng faol ishtirok etadi", deyiladi.






