Bugun Sport va turizm vazirligi tomonidan Yilning eng yaxshi sportchisini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi nominasiyalar bo`yicha g`oliblar taqdirlandi.
“Yilning eng faol sport jurnalisti” – “Sport TV” telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova.
“Yilning eng faol sport foto muxbiri” – O`zbekiston Milliy axborot agentligi va “Olamsport.com” sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov!
“Yilning eng faol sport muxlisi” sifatida Abduraxmon Fozilov e`tirof etildi.
“Sport yo`nalishi bo`yicha yilning eng faol matbuot xizmati” sifatida O`zbekiston futbol assosiasiyasi e`tirof etildi.
“Yilning eng faol sport sayti” sifatida “Sports.uz” sayti e`tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi sport shifokori” – Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi bosh shifokori Dilshodbek Maxmudov!
“Yilning eng yaxshi hududiy turizm va sport bosh boshqarmasi” sifatida ommaviy sportni rivojlantirishdagi faolligi uchun Farg`ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi e`tirof etildi.
“Yilning eng faol sport blogeri” – instabloger, “MY5” telekanali xodimi Hilola Isoqova.
“Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi” – og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi!
“Yilning eng faol sport maktabi” sifatida Buxoro tumani bolalar-o`smirlar sport maktabi e`tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” sifatida Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari chempioni Ulug`bek Rashitovning murabbiyi Xan Pavel e`tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” (qizlar o`rtasida) – boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempioni Nigina O`ktamova!
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” (o`smirlar o`rtasida) – erkin kurash bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov!
“Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi” sifatida O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi e`tirof etildi.
“Yilning eng matonatli erkak sportchisi” – para engil atletika bo`yicha Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari g`olibi Elbek Sultonov!
“Yilning eng matonatli ayol sportchisi” – para engil atletika bo`yicha Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari g`olibi Nurxon Kurbonova!
“Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi” – para engil atletika bo`yicha murabbiy Sardor Abduxalikov!
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” (o`g`il bolalar o`rtasida) – para engil atletika bo`yicha Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari g`olibi Boburjon Omonov!
“Yilning eng halol hakami” sifatida dzyudo bo`yicha xalqaro toifadagi hakam, Xalqaro dzyudo federasiyasining ko`plab musobaqalardagi asosiy bahslarida hakam sifatida ishlagan Ramziddin Saidov e`tirof etildi.
“Yilning eng saxiy sport homiysi” sifatida “QIZILQUMSEMENT” aksiyadorlik jamiyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati, “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati va Orient Finans Bank – Xususiy aksiyadorlik tijorat banki e`tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” (qizlar o`rtasida) – para engil atletika bo`yicha Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari g`olibi Asila Mirzayorova!
Davomi bor...






