O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir N.Xusanov hamda “OPASCA GmbH” kompaniyasi vakillari ishtirokida videokonferens aloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O`zbekistonda xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga o`qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berilib, yurtdoshlarimizni Germaniyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari va Sog`liqni saqlash vazirliklari hamda “OPASCA GmbH” kompaniyasi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniyaga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo`yicha shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnoma doirasida fuqarolarni tibbiyot sohasining hamshiralik yo`nalishi bo`yicha ishga yuborish ko`zda tutilmoqda.