AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ichki sayohatlar uchun chegirmalar berildi

'O`zbekistonda ichki sayohatlar uchun chegirmalar berildi'ning rasmi

Turizm va sport vazirligi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2021-yil 31-dekabr va 2022-yil 1-2-3-4-yanvar kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo`nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo`ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi farmoni, shuningdek “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan quyidagi chegirmalar e`lon qilindi:

1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki aviaqatnovlarga:

- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va beg`nuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar, Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun – 50 foiz;

- nogironligi bo`lgan shaxslar, nafaqaxo`rlar, oila (2 va undan ortiq kishi, ya`ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari bo`gan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari bo`lgan ona) uchun – 50 foiz;

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o`quvchilari, kollej, lisey, OO`Yu talabalari, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo`mitasi, Davlat soliq qo`mitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus o`quv yurtlari o`quvchilari va tinglovchilari uchun – 40 foiz;

- alohida (individual) yo`lovchilar uchun – 30 foiz.

2. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlariga uchun:

- nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 15 foiz;

- oliy o`quv yurtlari talabalari, maktab o`quvchilari, kolledj va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS va DB maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;

- oilalar (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;

- kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun (4 kishidan ortiq yo`riqnoma asosiga) – 15 foiz; - “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilar uchun – 10 foiz chegirmalar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, “Yangi O`zbekiston” bog`iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlariga sifatli va qulay transport xizmatini ko`rsatish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Do`stlik metrosi - Yangi O`zbekiston bog`i” yo`nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi. Ushbu yo`nalishda avtobuslar qatnovi joriy yilning 20-dekabr kunidan boshlab, 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan oliy va o`rta ta`lim ta`lim muassasalari talabalari hamda o`quvchilarning qishki ta`tilida doimiy turar joylariga borib kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan joriy yilning 25-dekabrdan 2022-yilning 10-yanvargacha mahalliy qatnovlari chiptalariga talabalar va o`quvchilar uchun 50 foizlik chegirma joriy qilingan.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlarida mahalliy ziyoratchilar uchun 20 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Shuningdek, respublika bo`ylab joylashgan muzeylar, mehmonhonalar va ovqatlanish shohobchalari tomonidan chegirmalar berilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar