Ozarbayjon poytaxti Boku shahri markazidagi “Flame Towers” mehmonxonasi yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda Trned News Agency telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, mehmonxona yaqinida gaz sizib chiqishi natijasida kuchli portlash sodir bo`lgan. Portlash oqibatida ikki kishi jarohat olgan.
Jarohatlangan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, portlash oqibatida bir nechta mashinalar jiddiy zarar ko`rgani aytilmoqda.