Belarusda koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan kasallanish bo`yicha ilk holatlar qayd etildi. Bu haqda BeITA xabar berdi.
Qayd etilishicha, "omikron" mamlakatda 4 kishida aniqlangan. Ammo kasallanganlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Ma`lumot uchun, Belarusda shu vaqtgacha 696 220 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bo`lib, 5543 kishi vafot etgan.






