Tez tibbiy yordam xizmati — tibbiyotning yana bir muhim bo`g`ini. Keyingi yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tarkibidagi ushbu xizmatda bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag` 500 so`mdan 6500 so`mga etkazildi.
– Mamlakatimizda 2016 yilda 800 ta “tez yordam” shoxobchasi va 1 ming 890 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat yuritgan bo`lsa, ayni paytda ularning soni mos ravishda 1 ming 666 ta va 2 ming 861 taga etkazildi. O`tgan yilning o`zida olis va chekka hududlardaga aholi punktlarida qo`shimcha 60 ta “Tez yordam” shoxobchasi tashkil etildi.
– Besh yil avval tarmoqda bor-yo`g`i 24 ta reanimobil xizmat ko`rsatar edi. 2021 yilda esa ular soni 435 taga etkazildi. Tez yordam tizimidagi barcha avtomobillar 100 foiz GPS bilan ta`minlandi.
– Yakunlanayotgan yilda 103 raqami markazlashtirildi va Muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik xizmati — Sall-markazlar to`liq tashkil etildi.
– O`tgan 2021 yilda dori vositalari ta`minoti normativga nisbatan 100 foizga etkazildi va uzluksizligi ta`minlandi (2016 yilda dori-darmonlar normativdan 25-30 foizga kam va nomuntazam bo`lgan).
– 2021 yilda yurtimizda har 13000 nafar aholi soniga nisbatan 1 ta tez yordam mashinasi to`g`ri keldi. Hududlarning geografik joylashuviga ko`ra, qo`shimcha sanitar mashinalar biriktirildi.
– Buning natijasida chaqiruvlarga kechikib borish holatlari 10-12 foizdan 1-2 foizga kamayib, etib borish vaqti o`rtacha 25-30 daqiqadan 8-12 daqiqagacha qisqardi.