AsosiyDunyo

Koronavirus pandemiyasiga 2022 yilda barham berishimiz mumkin – JSST rahbari

'Koronavirus pandemiyasiga 2022 yilda barham berishimiz mumkin – JSST rahbari'ning rasmi

Sputnik O`zbekistonning xabar berishicha, bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus o`zining Yangi yil munosabati bilan so`zlagan nutqida ma`lum qilgan.

“Hozir, bu pandemiyaning uchinchi yiliga qadam qo`yayotgan paytda, mening ishonchim komilki, bu yil pandemiyaning so`nggi yo`li bo`ladi, agar biz bunga birgalikda barham bersak”, - degan Tedros Adxanom Gebreyesus.

Uning ta`kidlashicha, yangi shtammlarning, jumladan, “omikron”ning paydo bo`lishiga tor millatchilik va ayrim mamlakatlar tomonidan vaksinalarning haddan ziyod zaxira qilib olingani ko`maklashgan. Bu adolat tamoyillariga zid.

“Agar bu adolatsizlikka barham bersak, biz pandemiyani engamiz”, - deya xulosa qildi JSST rahbari.

    Boshqa yangiliklar