Ayni damda Zoyir Mirzaev mehnat ta`tilida bo`lib turibdi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi bildirish berdi.
"Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzaev shu yilning 1 yanvaridan mehnat ta`tilida bo`lib turibdi. 15 yanvargacha davom etishi ko`zda tutilgan ta`til davrida uning birinchi o`rinbosari M.Fayzievga viloyat hokimi vazifalarini vaqtincha bajarish topshirildi",-deya ma`lum qilinadi xabarda
Ma`lum qilinishicha, bu haqda viloyat hokimining 2021 yil 31 dekabrda tegishli qarori qabul qilingan.
Eslatib o`tamiz, Farg`onaning barcha tuman va shaharlari hokimlari ham 2022 yil 1 yanvardan 15 yanvargacha ta`tilga chiqqan edi.






