Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, Qonunchilikka ko`ra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya`ni:
- Baland ovoz bilan qo`shiq aytish;
- musiqa chalish;
- tovush signallari berish;
- xonadonlarda, turar joylarning yo`laklari va eshiklarida, ko`chalarda ovozi baland qilib qo`yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
- turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo`lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish uchun jarima bor.
Eslatib o`tamiz, jarima miqdori fuqarolarga 90 ming so`m, mansabdor shaxslarga esa 135 ming so`mgacha etib belgilangan.






