Oliy ta`lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta`lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta`lim shakli bo`yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi" loyihasiga ko`ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo`ljallangan.
Bundan tashqari, 2022 yilda yoshlarni oliy ta`lim bilan qamrov darajasini 38 foizga etkazish ko`zda tutilmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma`lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta`lim shaklida kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi. Oliy ta`lim tizimida masofaviy ta`lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma`lumot olish imkoniyati yaratiladi.
Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta`lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.
Bunda, to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta`lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko`rsatkichi kamida 250 mingga etkazilishi aytiladi.






