AsosiyJamiyat

Samarqandda uch kun avval foydalanishga topshirilgan tunneldan suv sizib chiqishining sababi ma`lum bo`ldi (video)

'Samarqandda uch kun avval foydalanishga topshirilgan tunneldan suv sizib chiqishining sababi ma`lum bo`ldi (video)'ning rasmi

Samarqandda uch kun avval foydalanishga topshirilgan 143 mlrd. so`mlik tunneldan suv sizib chiqayotgani aks etgan video haqida xabar berilgan edi.   Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu video keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Samarqand viloyati "1-Ko`prik qurilish otryadi" direktor o`rinbosari Azimbek Mirzaev yangi tunnel devorlaridan suv sizib chiqish holati bo`yicha  munosabat bildirdi.

Uning ta`kidlashicha, irrigasiya tarmoqlari ishlamaganligi tufayli suv ko`prikdan sizib chiqqan. 

- Suv ko`prikka zarar etkazmaydi. Ko`prikni joriy yilning yanvar oyi oxirida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va ayni paytda irrigasiya tarmoqlarini to`g`rlash ishlari davom ettirilmoqda, - deydi direktor. 

    Boshqa yangiliklar