2022 yil 1 yanvar kuni soat 17:15 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasida “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi spirtli ichimlik ta`siri ostida bo`lgan 1967 yilda tug`ilgan Sobirjon N. boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalish bo`ylab harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tug`ilgan Elmurod R.ning boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli hamda 1983 yilda tug`ilgan Ravshan K. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomobillar bilan to`qnashuv sodir etgan.
YTH natijasida 7 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.
- “Neksiya-2” haydovchisi Ravshan K. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap boldir suyagining yopiq sinishi, oyoqning to`piq qismi yopiq sinishi);
- 2009 yilda tug`ilgan voyaga etmagan yo`lovchi, 7-sinf o`quvchisi Z.T. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh);
- 2012 yilda tug`ilgan voyaga etmagan yo`lovchi, 2-sinf o`quvchisi F.K. (tashxis: peshona teri qismi yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh);
- 2017 yilda tug`ilgan voyaga etmagan yo`lovchi, bog`cha tarbiylanuvchisi I.K. (tashxis: boshning yuqori qismining yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi);
- 1987 yilda tug`ilgan yo`lovchi F.K. (tashxis: chap oyoq ochiq sinib siljishi);
- 2021 yilda tug`ilgan voyaga etmagan yo`lovchi O.K. (tashxis: travmatik shok);
- “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi Sobirjon N. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh, o`ng boldir suyagining ochiq sinib siljishi, ko`plab shilinmalar, mastlik holati).
Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularga har tomonlama tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Spirtli ichimliklar ichgan holatda (hatto sizning fikringizcha "ahamiyasiz" miqdorda bo`lsada – spirtli ichimliklarning har qanday miqdori hushyorlik va reaksiya tezligiga salbiy ta`sir qiladi, bu o`gir oqibatlarga olib kelishi mumkin) – transport vositasini boshqarishdan voz keching va taksi xizmatidan foydalaning.