2021 yilning 19 iyul kuni O`zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti, MMA jangchisi Murod Xonto`raev 33 yoshida mudhish avtohalokat sabab vafot etgan edi. Mazkur holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgandi. Biroq ushbu jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
Unga ko`ra, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ma`lum qilishlaricha, MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Murod Xonto`raev YTH oqibatida vafot etganligi, u bilan birga bo`lgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga o`rtacha, o`g`ir jarohat etmagani hamda o`lim holati kuzatilmagani sababli ayblilik masalasi bo`yicha Murod Xonto`raev tomonidan Yo`l harakati qoidalarining 3, 4, 73, 77 hamda 79 bandlari buzilganligi inobatga olinib, haydovchi Xonto`raev mazkur YTHning sodir etilishiga sabab bo`lib, o`zi vafot etgani tufayli va ishda jinoyat tarkibiy elementlari mavjud bo`lmagani inobatga olinib, olib borilgan dastlabki tergov yakuniga ko`ra, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Murod Xonto`raev vafoti yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi 2021 yilning 30 sentyabr kuni Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ta`kidlanishicha, YTH ishtirokchisi bo`lgan Gentra rusumli avtomobiliga etkazilgan zarar Xonto`raevning BMW mashinasi sug`urtasidan qoplanadi.