AsosiyJamiyat

29 nafar fuqaro O`zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun jo`nab ketdi

'29 nafar fuqaro O`zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun jo`nab ketdi'ning rasmi

Xabaringiz bor,  Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining qator yirik ish beruvchi tashkilotlari tomonidan O`zbekiston bo`ylab bo`sh ish o`rinlari uchun tanlovlar tashkil etilmoqda.

Undan muvaffaqiyatli o`tgan Qashqadaryo viloyatidan 29 nafar o`zbekistonlik fuqaro  Sankt-Peterburgga jo`nab ketdi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.

"Shuni alohida ta`kidlash kerakki, tibbiy ko`rik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak bo`ladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari O`zbekistonda amalga oshirilmoqda.",-deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasida qurilish sohasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar