AsosiyJamiyat

Jizzaxda sodir bo`lgan YTH oqibatida “Nexia” yonib ketdi

'Jizzaxda sodir bo`lgan YTH oqibatida “Nexia” yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 5-yanvar kuni soat 13:52 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “101” qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Jizzax viloyati Do`stlik tumani hududidan o`tuvchi 942-kilometrida engil avtomobil yonayotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushdi.  

Ma`lum bo`lishicha, voqea joyiga FVBdan qutqaruvchilar bo`linmasi yuborilgan. Shuningdek, yong`in joyiga Sirdaryo viloyati Sardoba tumani yong`in-qutqaruv qismidan ham 1 ta bo`linma etib kelgan. Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong`in to`liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo`q.

Aniqlanishicha, “Toshkent-Termiz” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Nexia"ning shu yo`nalishdagi yuk avtomobili bilan to`qnashuvi oqibatida beton to`siqqa borib urilgan va yong`in kelib chiqqan.  

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar