6 yanvar kuni soat 19:50 larda, "8-Avtobus saroyi" tasarrufidagi saroy raqami 321 bo`lgan, Isuzu rusumli, avtobus haydovchisi O.B (1964-yilda tug`ilgan, ish staji - 35 yil) 43-sonli yo`nalishda avtobusni Usta Shirin ko`chasi bo`ylab boshqarib borayotib, Jomiy qurilish bozori oldidagi svetoforda to`xtash uchun sekinlashayotgan vaqtida, yo`l qatnov qismining birinchi bo`lagi (polosa) da harakatlanayotgan piyoda to`satdan avtobus tomonga muvozanatini yo`qotib yiqilgan.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur hodisa oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan (Ushbu holat aks etgan video avtobusning orqasida harakatlanib ketayotgan avtomobilning videoregistratoridan olindi ).
Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko`ra piyoda mast holatda bo`lgan.
Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi bo`yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. "Toshshahartransxizmat" AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo`limi tomonidan xizmat surishtiruvi o`tkaziladi.
22.01.2022, 09:02
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan O`rta Chirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani hududidan...21.01.2022, 23:27
Indoneziyaning Balikapan shahrida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda The Indonesia xabar bermoqda. Qayd etilishicha, YTH oqibatida 19 kishi halok bo`lgan va 22 kishi tan jarohati...19.01.2022, 20:27
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Farg`onada "Lacetti" haydovchisi ona va bolani urib yuborganligi bo`yicha ma`lumot berildi. Bugun, 2022 yil 19 yanvar kuni soat 11:00 larda, Farg`ona shahar...11.01.2022, 00:29
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Olmazor tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan tezkor xabar berildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2022 yil 10 yanvar kuni soat 22:20 larda Toshkent shahar,...