AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyatidagi dehqon bozorida yaroqsiz go`sht mahsulotlari sotayotgan shaxslar aniqlandi

'Sirdaryo viloyatidagi dehqon bozorida yaroqsiz go`sht mahsulotlari sotayotgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston dehqon bozorida reyd tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida tekshirilib, fuqarolar tomonidan sotish uchun olib kelingan chorva hayvonlari go`shti va go`sht mahsulotlari belgilangan joyda veterinariya sanitariya ko`rigidan o`tkazib savdo qilinayotganligi tekshirildi. Tekshiruvlarda fuqarolar V.G`, Sh.U va N.V lar chorva mollarining ichki a`zolarini veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan savdo qilganligi aniqlandi.

Viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazidan olingan tekshiruv xulosalariga ko`ra ushbu go`sht mahsulotlari insonlar iste`moli uchun yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Fuqarolar V.G`, Sh.U va N.V lar chorva mollarining ichki a`zolarini veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan savdo qilganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 109-moddasiga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar