1

Qashqadaryoda aka-uka ulardan qarz olgan erkakni pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 07.01.2022, 21:54
Teglar: Qashqadaryo IIB
Qashqadaryoda aka-uka ulardan qarz olgan erkakni pichoqlab o`ldirdi

Joriy yil 5 yanvar kuni soat 13-20larda Shahrisabz tumani “Loliston” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi F.Sh. va akasi F.M.lar tanishi Shahrisabz shahar, Kulolik MFYda yashovchi R.Z. bilan Shahrisabz shahar “Oqsaroy” MFYda joylashgan ustaxona oldida ilgaridan o`rtalarida bo`lgan qarz munosabatlari yuzasidan kelib chiqqan adovat tufayli janjallashib qoladi.

Ma`lum bo`lishicha,  Z.R Sh.F.ga qarzini qaytarib berishini aytib, uni turli so`zlar bilan haqorat qilib, o`zaro tortishib qolishgan. Sh.F.ning jahli chiqib, uni o`ldirish maqsadida ustaxonada bo`lgan temir quvur va pichoq olib, Z.R.ni orqasidan quvib borib temir quvur bilan uni urib yiqitgan. Z.R. o`zini himoya qilish maqsadida yonida bo`lgn pichog`ini qo`liga olgan vaqtida Sh.F. temir quvur bilan Z.R.ning qo`liga urgani sababli pichoq erga tushib ketgan.

Sh.F. va Z.R.ning janjalini kuzatib turgan Sh.F.ning akasi M.F. o`zi ishlayotgan ustaxonasidan yog`och kaltakni olib, janjal bo`layotgan joyga etib kelib Z.R.ning bosh sohasiga bir necha marotaba qo`lida bo`lgan yog`ooch kaltak bilan qasddan urgan.

Shu vaqtda Sh.F. erda yotgan pichoqni olib Z.R.ning chap ko`krak yon sohasiga va ko`krak o`ng yon sohasiga ikki marotaba sanchib olgan. Ushbu pichoq dastasi va tig`i orqasidan sinib ketganligi bois o`zining jinoiy harakatlarini oxiriga qadar etkazish maqsadida o`zining yonida bo`lgan pichoq bilan erga qarab yotib qolgan Z.Raxmonovning orqa ko`krak sohasiga 8 marotaba pichoq sanchib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Qashqadaryoda ayol erini pichoqlab o`ldirib qo`ydi

18.12.2021, 13:19

2021 yilning 5 dekabr kuni soat 18:00larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Qorabayir" MFYda yashovchi E.J mast holatda turmush o`rtog`i M.Xni haqoratlab, urib-tepib, tomog`idan bo`qqan. Ma`lum qilishicha,...
Qashqadaryodagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

05.11.2021, 18:55

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan  Koson tumanida teplovoz va "Lacetti" ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Joriy yilning 4 noyabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Koson...
Qashqadaryoda "Nexia" yonib ketdi

04.11.2021, 20:08

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Kitob tumanida "Nexia" yonib ketganligi bo`yicha ma`lumot berildi. Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Qaynar M.F.Y. hududidan...
Qashqadaryoda IIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

29.08.2021, 23:59

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Chiroqchi tumanida profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko`rsatib qonuniy talablarini bajarmasdan profilaktika inspektorining egnidagi xizmat kiyimini tortib yirtgan fuqaroga nisbatan Chiroqchi tuman prokraturasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1