Xavfsizlik kengashi yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev ayrim davlat rahbarlarining so`zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
"Kuni kecha ba`zi davlat rahbarlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qozog`istonda bo`lib o`tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo`lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz etarli kuch va salohiyatga egamiz", dedi davlatimiz rahbari.